Vazir Qönğirot tumanidagi maktablarda yoşlar bilan uçraşdi

04.09.2026109

Vazir Qönğirot tumanidagi maktablarda yoşlar bilan uçraşdi

        

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov Qönğirot tumaniga taşrifi doirasida qator taʼlim muassasalarida bölib, ustozlar va yoşlar bilan uçraşdi.

Vazir özi tahsil olgan 43-sonli umumiy örta taʼlim maktabida yoşlar bilan oçiq muloqot qilib, ularni ilm olişga, kitob mutolaasiga oşno bölişga, zamonaviy kasb va könikmalarni egallaşga hamda katta maqsadlar sari dadil intilişga çorladi.

Şuningdek, taşrif doirasida Q. Şaripov Qönğirot tumanidagi ilk xususiy maktab — 500 nafar öquvçiga möljallangan “Utegenov School”ning tantanali oçiliş marosimida qatnaşdi.

Tadbir davomida taʼlim sifatini oşiriş va yoş avlodni barkamol etib tarbiyalaşda maktab — oila — jamoatçilik hamkorligining muhim örni alohida qayd etildi.