Adiblar xiyobonida Abdulla Qahhor va Muqimiy tavalludiga bağişlangan adabiy-ma‘rifiy tadbir ötkazildi

Adiblar xiyobonida buyuk özbek adiblari Abdulla Qahhor va Muhammad Aminxöja Muqimiy tavallud sanalariga bağişlangan adabiy-ma’rifiy tadbir kötarinki ruhda ötkazildi.
Tadbir davomida adiblarning özbek adabiyoti rivojiga qöşgan beqiyos hissasi, serqirra ijodiy merosi hamda asarlarining bugungi avlod tarbiyasidagi ahamiyati haqida söz yuritildi. Abdulla Qahhor va Muqimiy ijodining öziga xos jihatlari, asarlarida ilgari surilgan ma’naviy-axloqiy ğoyalar, xalq hayoti va milliy qadriyatlarning badiiy ifodasi alohida e’tirof etildi.

Tadbir davomida adabiy-badiiy çiqişlar, ijodiy namoyişlar hamda adiblar asarlaridan namunalar taqdim etilib, yoşlarning mumtoz va zamonaviy adabiyotga bölgan qiziqişini yanada oşirişga alohida e’tibor qaratildi.
Taqdirlaş marosimi tadbirning eng hayajonli va unutilmas lahzalaridan biri böldi. Buyuk adiblar xotirasini abadiylaştiriş, ularning boy ijodiy merosini çuqur örganiş va keng tarğib etişga munosib hissa qöşib kelayotgan 10 nafar professor-öqituvçi va xodim hamda 31 nafar faol talaba “Abdulla Qahhor” va “Muhammad Aminxöja Muqimiy” nomidagi kökrak nişonlari bilan taqdirlandi.

Şuningdek, adabiyotga bölgan qiziqişi, ijodiy salohiyati va iste’dodini namoyon etib kelayotgan talabalarga maxsus stipendiyalar topşirildi.
Mazkur e’tirof yoşlarni ilm-fan, adabiyot va ijod yölida yanada faol bölişga, milliy adabiyotimizning bebaho durdonalarini çuqur örganişga va ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini kelajak avlodga yetkazişga undaydi.
Adiblar xotirasi — millat xotirasi. Ularning bebaho merosi esa avlodlarni ezgulik, ma’rifat va tafakkur sari çorlayveradi!