“Til bilimdonlari” respublika tanlovining hududiy bosqiç ğoliblari aniqlandi!

12.10.202668

“Til bilimdonlari” respublika tanlovining hududiy bosqiç ğoliblari aniqlandi!

        

🏛 Özbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 37 yilligi hamda “Özbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi tomonidan taşkil etilayotgan “Til bilimdonlari” respublika tanlovinining hududiy bosqiçi bölib ötdi.

➡️Uşbu bosqiçda har bir hududdan bir oliy ta’lim muassasasi mas’ul etib belgilandi va saralaş bosqiçida eng yuqori natijaga erişgan 304 nafar iştirokçi mazkur oliygohlarga taşrif buyurib, kuzatuvçi nazorati ostida 2-bosqiç testlarini işladi.

📝 Iştirokçilarga özbek tili imlo qoidalari, tiniş belgilarining qöllanilişi, savodxonlik va davlat tili töğrisidagi qonun böyiça 50 ta test berildi. Şuningdek, sinov tariqasida ommaviy diktant olindi. Test natijalari teng bölib qolgan taqdirda, yuqori örinlar aynan şu diktant natijasiga köra aniqlandi. Yakunda har bir hudud böyiça 1-,2-,3-örinni egallagan iştirokçilar aniqlandi va tanlovning yakuniy respublika bosqiçi yöllanmasiga ega böldi.