Yoşlar forumi doirasida markazda rahbar va yoşlar uçraşuvi bölib ötdi!

21.12.2023123

    Yoşlar forumi doirasida markazda rahbar va yoşlar uçraşuvi bölib ötdi!

    

    Bugun Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi direktori Ravşanbek Xudayberganov talaba-yoşlar bilan oçiq muloqot tarzida fikr almaşdi.

    

    Uçraşuv davomida markazda talaba-yoşlar uçun yaratilgan imkoniyatlar, jumladan, turli tanlovlar va loyihalar, klublar faoliyati haqida yaqindan taniştirildi. Şuningdek, yoşlarni fikr va takliflari tinglandi. Markazning öz oldida qöygan kelajakdagi rejalari aytib ötildi.

    Oçiq muloqot yakunida markaz rahbari barça tadbir iştirokçilarini kirib kelayotgan yangi yil bilan tabrikladi va uçraşuvda faol iştirok etgan yoşlar kitoblar bilan taqdirlandi. Kitoblarni direktor örinbosari Fozilbek Farhodov topşirdi.

    Şundan söng uçraşuv “Karaoke party” bayram dasturiga ulanib ketdi. Zalga qorbobo va qorqiz taşrif buyurib, turli qiziqarli öyinlar ötkazdi va ğoliblarga sovğalar ulaşdi. Iqtidorli talabalar tomonidan kuy-qöşiqlar ijro etildi. “Karaoke party”ga taşrif buyurgan barça qatnaşçilar yuqori kayfiyatda, birgalikda jör bölib, qöşiqlar kuylaşdi.