“Til bilimdonlari” respublika tanlovining final bosqiçi bölib ötdi!

Özbek tili bayrami munosabati bilan Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi tomonidan taşkil etilgan “Til bilimdonlari” respublika tanlovining final bosqiçi Toşkent davlat texnika universiteti mezbonligida ötkazildi.
102 ming nafardan ortiq talaba-yoşni qamrab olgan tanlovning hal qiluvçi bosqiçida hududiy saralaşlarda 1-, 2- va 3-örinlarni egallagan 45 nafar eng bilimdon iştirokçi özaro bellaşdi.
✍️ Finalçilar diktant, test sinovlari va inşo yoziş şartlari orqali özbek tili böyiça bilim va savodxonliklarini namoyon etdilar. Iştirokçilar 50 ta oçiq va yopiq test savollariga javob berib, “Ijtimoiy tarmoqlar va ona tili: savodxonlik muammolari” mavzusida inşo yozdilar. 102 ming nafardan ortiq talaba-yoşni qamrab olgan tanlovning hal qiluvçi bosqiçida hududiy saralaşlarda 1-, 2- va 3-örinlarni egallagan 45 nafar eng bilimdon iştirokçi özaro bellaşdi. Tanlov şartlari yakunida iştirokçilarning savol va e’tirozlari hakamlar hay’ati tomonidan körib çiqilib, tegişli tuşuntirişlar berildi.
🔹 Şuningdek, final bosqiçining xolis va adolatli baholanişiga munosib hissa qöşgan Hakamlar hay’ati a’zolariga Markaz direktori Abdumalik Akramov tomonidan Ta’lim va ilm-fan vazirining taşakkurnomalari topşirildi.
🏆 Tanlov ğolib va sovrindorlari bugun Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida bölib ötadigan tantanali taqdirlaş marosimida e’lon qilinib, munosib rağbatlantiriladi.