Özbek tiliga bölgan mehr, ehtirom va muhabbat birlaştirgan tanlov: finalning dastlabki şartlari yakunlandi!

🏛 Bugun Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazida xorijlik talabalar örtasida taşkil etilgan “Özbek tili – qalbim tarjimoni” tanlovining final bosqiçiga start berildi.
Finalda iştirok etayotgan 15 nafar xorijlik talaba dastlabki şartda özlarini taniştiruvçi videoroliklar orqali özbek tiliga bölgan muhabbati, yurtimizga munosabati hamda ijodiy salohiyatini namoyon etdi. Ikkinçi şartda esa xorijlik yoşlar özbek tilida esse yozib, fikrlarini davlat tilimizda erkin, ravon va ta’sirçan ifodalaş borasidagi bilim va mahoratlarini sinovdan ötkazdi.
☑️Ertaga, 16-oktabr kuni Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida finalning uçinçi – erkin mavzudagi badiiy çiqiş şarti bölib ötadi va ğoliblar aniqlanadi. Mazkur şart yakunida tanlov ğolib va sovrindorlari aniqlanib, tantanali taqdirlaş marosimi ötkaziladi.
Xorijlik talabalarning özbek tilidagi badiiy çiqişlarini tomoşa qiliş istagida bölsangiz, Sizlarni soat 10:00 da Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti tadbirlar zaliga taklif qilamiz.