Özbekiston–Ozarbayjon hamkorligi doirasida muhim ilmiy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar taşkil etildi

Buxoro şahrida taşkil etilgan “Ozarbayjon madaniyati va san’ati kunlari” doirasida Buxoro davlat universitetida qator tadbirlar bölib ötdi. Jumladan, Ozarbayjon Respublikasining Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor elçisi, doktor Raşad Mammadov BuxDU rektori, professor Obidjon Hamidov bilan uçraşib, ta’lim, ilm-fan va akademik hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Şuningdek, elçi iştirokida “Ozarbayjon–Özbekiston tarixiy-madaniy aloqalari” mavzusida seminar va talabalar bilan oçiq muloqot taşkil etildi. Unda yoşlarga özbek tilida naşr etilgan “İRS Miras” jurnali taqdim qilindi.
Tadbirlar davomida BuxDU Tarix fakultetida Yusuf Qoraboğiy nomidagi Ozarbayjonşunoslik markazi tantanali ravişda oçildi. Şuningdek, “Yusuf Qoraboğiyning hayoti, ilmiy va ma’naviy merosi va global sivilizatsiya: falsafa, ilm-fan va ma’naviy an’analar muloqoti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ötkazildi. Madaniy dastur doirasida esa Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazining “Xaribulbul” teatr truppasi tomonidan Uzeyir Hojibeylining maşhur “Arşin mol olon” operettasi namoyiş etildi. Mazkur tadbirlar ikki qardoş xalq örtasidagi ilmiy, ta’limiy va madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlaşga xizmat qildi.