Tyutorlar malakasini oşiriş: zamonaviy bilim va amaliy könikmalar sari!

Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazida oliy ta’lim taşkilotlari tyutorlari uçun 2026-yilgi malaka oşiriş kurslari doirasida öquv maşğulotlari olib borilmoqda.
Maşğulotlar tasdiqlangan öquv dasturi asosida taşkil etilib, tyutorlarning kasbiy-pedagogik mahoratini oşiriş, talabalar bilan işlaş samaradorligini kuçaytiriş hamda zamonaviy ta’lim yondaşuvlarini amaliyotga tatbiq etişga qaratilgan.
Darslar davomida tyutorlik faoliyatining normativ-huquqiy asoslari, pedagogik mahorat, talabalar psixologiyasi, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan foydalaniş, media madaniyat hamda ijtimoiy tarmoqlar etikasi kabi dolzarb mavzular yoritilmoqda.

Şuningdek, talaba-yoşlarni vatanparvarlik va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalaş, ularning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, öquv-ilmiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş, ijtimoiy faolligini oşiriş va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar bilan manzilli işlaş masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Maşğulotlarda nazariy bilimlar amaliy topşiriqlar, hayotiy misollar va zamonaviy pedagogik yondaşuvlar bilan uyğunlaştirilib, tyutorlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirişga xizmat qilmoqda.

Tyutorlar uçun 2026-yilgi malaka oşiriş kurslari: 14 ta modul, yangi bilim va amaliy könikmalar!
Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi tomonidan oliy ta’lim taşkilotlari tyutorlari uçun taşkil etilayotgan malaka oşiriş kurslari zamonaviy ta’lim talablari asosida tyutorlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirişga qaratilgan.
Öquv dasturi 14 ta modulni qamrab oladi:
Normativ-huquqiy va taşkiliy asoslar– tyutorlik faoliyatining huquqiy asoslari va taşkiliy mexanizmlari.
Tyutorning kasbiy-pedagogik mahorati– kommunikatsiya, liderlik, pedagogik etika va vaqtni samarali boşqariş.
Raqamli texnologiyalar– HEMIS, Moodle, ta’lim platformalari va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalaniş.
Talabalar jamoasi psixologiyasi– yoş davri xususiyatlari, moslaşuv jarayonlari va talabalar bilan individual işlaş.
Vatanparvarlik va milliy qadriyatlar– talaba-yoşlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş.
Böş vaqtni mazmunli taşkil etiş – kitobxonlik, sport, madaniy-ma’rifiy tadbirlar va intellektual loyihalar.
Talabalarning yaşaş manzillari monitoringi – yaşaş şaroitlarini örganiş va ijtimoiy muammolarni aniqlaş.
Öquv-ilmiy faoliyatni taşkil etiş – akademik özlaştirişni monitoring qiliş, iqtidorli talabalarni qöllab-quvvatlaş va ilmiy loyihalarga jalb etiş.
Ijtimoiy-ma’naviy muhit va profilaktika– huquqbuzarliklar, zararli odatlar va diniy mutaassiblikning oldini oliş.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar bilan işlaş– nogironligi bölgan, yetim va kömakka muhtoj talabalarni qöllab-quvvatlaş.
Mediamadaniyat va ijtimoiy tarmoqlar etikasi– axborotni tahlil qiliş, raqamli etika va tyutorning kasbiy imidjini şakllantiriş.
Talabalarning ijtimoiy faolligini baholaş– talabalar taşabbuslari, jamoatçilik faoliyati va liderlik salohiyatini rivojlantiriş.
Talaba-qizlar bilan işlaş – gender tengligi, individual yondaşuv va tazyiq hamda zöravonlikning oldini oliş.
Tyutorlik faoliyatining samaradorligini baholaş (KPI)– faoliyat natijalarini tahlil qiliş, hisobot yuritiş va kasbiy rivojlanişni rejalaştiriş.

Kurslar davomida ma’ruza va seminar maşğulotlari orqali tinglovçilarning bilimlari mustahkamlanadi. Amaliy keyslar, muammoli vaziyatlar tahlili va zamonaviy pedagogik yondaşuvlar yordamida tyutorlarning talabalar bilan samarali işlaş könikmalari rivojlantiriladi.

Malaka oşiriş kurslarining asosiy maqsadi – tyutorlarning bilim va könikmalarini takomillaştiriş, talabalar bilan işlaşda samarali usullarni keng joriy etiş hamda oliy ta’lim taşkilotlarida soğlom ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlaşdan iborat.