📚“Kitobxon yoşlar ligasi” onlayn tanlovi ğolib va sovrindorlari tantanali taqdirlandi!
Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amfiteatrida Vazirlik hamda Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi tomonidan ötkazilgan keng qamrovli “Kitobxon yoşlar ligasi” tanlovi ğolib va sovrindorlari taqdirlandi.
⚡️Taqdirlaş marosimini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri örinbosari Şahlo Ötkurovna oçib berdi. Ular öz nutqlarida mazkur tanlovning ahamiyati yoşlarni kitob mutolaasiga qiziqişini yanada oşirişini ta’kidlab, tanlovda yuqori örinlarni egallagan iştirokçilarga qimmatbaho sovğalar (noutbuk, smart televizor va planşet) hamda Vazirlikning diplomlarini topşirdilar.

Tanlovning final bosqiçida faol iştirok etgan tanlovning 4-5-örin egalari vazir maslahatçisi Şuhrat Ataxanov tomonidan sertifikat va zamonaviy smartfonlar bilan, tanlovning “Eng faol tarğibotçi” nominatsiyasi ğoliblari esa Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi direktori Ravşanbek Xudayberganov tomonidan maxsus sertifikat va smartfon bilan taqdirlandi.

🎙 Şundan söng taqdirlaş marosimi Özbekiston davlat san’at va madaniyat instituti iqtidorli talabalari hamda Aziz Rajabiy, Isroil Saidumarov, Azamat Şaripov kabi elimiz ardoğidagi san’atkorlar iştirokidagi konsert dasturiga ulanib, barça tadbir iştirokçilarga xuş kayfiyat ulaşdi.

Tanlovda ğolib va sovrindor bölgan barça talaba-yoşlarni uşbu mukofotlar bilan markazimiz nomidan tabriklaymiz.