“Yoşlarda kasbiy mahoratni şakllantirişda notiqlikning örni” mavzusida davra suhbati bölib ötdi

Bugun Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi hamda Şahrisabz davlat pedagogika instituti hamkorligida ZOOM platformasida ötkazilgan davra suhbatida markaz bölim boşliği Maftuna Gapparova, Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Nilufar Umrzoqova hamda talaba-yoşlar iştirok etişdi.

Davra suhbati davomida jurnalist Nilufar Umrzoqova talabalarga “Öz kasbining yetuk mutaxassisi bölişida notiqlik sirlari” mavzusida ma'lumotlar berdi. Şuningdek, Maftuna Gapparova boşqaruv madaniyati, ta'limda ma'naviyatning örni, bugungi kunda yoşlarga yaratilayotgan imkoniyatlar borasida öz mulohazalarini aytib ötdi. Şundan söng, “Yil talabasi – 2023” Respublika körik-tanlovida “Yilning eng namunali tadbirkor talabasi” nominatsiyasi ğolibasi Gulsanam Sattorova tengdoşlariga hozirgaça erişgan muvaffaqiyatlari haqida sözlab berdi.

Oçiq muloqot tarzida ötgan davra suhbatida talaba-yoşlar özlarini qiziqtirgan savollariga javob olişdi. Institutning Musiqiy ta'lim yönalişi ijodkor talabalari tomonidan ijro etilgan kuy-qöşiqlar esa tadbirga kötarinki kayfiyat ulaşdi.
