Urganç davlat universitetida “Buyuk mutafakkirlar xiyoboni” oçilidi

03.11.20262

Urganç davlat universitetida “Buyuk mutafakkirlar xiyoboni” oçilidi

         

Urganç davlat universitetida buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini uluğlaş, ularning bebaho xotirasini abadiylaştiriş hamda yoş avlod örtasida milliy qadriyatlarimizni keng tarğib etiş maqsadida barpo etilgan “Buyuk mutafakkirlar xiyoboni”ning tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.

Oçiliş marosimida viloyatimiz hamda Respublikadan taşrif buyurgan taniqli ilm-fan, adabiyot va ma’rifat ahli, adabiyotşunos va tarixçi olimlar, xorijlik mehmonlar iştirok etdi.

Xiyobonda jahon ilm-fani, adabiyoti va tamadduni rivojiga beqiyos hissa qöşgan 18 nafar buyuk siymoning haykallari qad rostlagan.