Özbekiston milliy universitetida “Markaziy Osiyo strateg universitariumi” ötkazildi

04.11.20263

Özbekiston milliy universitetida “Markaziy Osiyo strateg universitariumi” ötkazildi

     
 
Bugun, 4-noyabr kuni Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston milliy universitetida “Strategiyalaş nazariyasi va amaliyoti” IX Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida “Markaziy Osiyo strateg universitariumi” nufuzli xalqaro ilmiy sessiyasi bölib ötdi.
 
Mazkur ilmiy muloqot maydonida Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya, Xitoy va boşqa mamlakatlarning yetakçi strateg olimlari, ekspertlar hamda yoş tadqiqotçilar jamlandi. Yalpi majlisini Özbekiston milliy universiteti rektori Inom Madjidov kiriş sözi bilan oçib berdi.

Asosiy ma’ruza strategiya fanining xalqaro miqyosdagi asosçilaridan biri Rossiya Fanlar akademiyasining xorijiy a’zosi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Vladimir Lvoviç Kvint tomonidan taqdim etildi. Muhim naşrlar — “Strateg kutubxonasi”, “Kuzbass strategiyasi”, “Rossiya Uzoq Şarqi strategiyasi”, “Iqtisodiy va moliyaviy strategiya” turkumlaridagi kitoblar hamda ixtisoslaşgan ilmiy jurnallar taqdimoti ötkazildi.