Nukus şahrida Abu Rayhon Beruniy nomidagi III xalqaro Beruniy olimpiadasi (ARBIÇO 2026)ning tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi

Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi Amanbay Örinbayev, Ta’lim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari agentligi, Fan olimpiadalari markazi mas’ul xodimlari, olimpiada iştirokçilari qatnaşdi.
Yurtimizda uçinçi bor ötkazilayotgan mazkur xalqaro olimpiadada Ozarbayjon, Kosta-Rika, Gruziya, Isroil, Iordaniya, Qozoğiston, Qirğiziston, Malayziya, Möğuliston, Qatar, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Tojikiston, Tailand, Turkiya, Turkmaniston davlatlaridan kelgan hamda Özbekiston vakillaridan iborat eng iqtidorli öquvçi-yoşlar kimyo fanidan özaro bellaşadilar.
Jarayonlar joriy yilning 5–6-noyabr kunlari ötkaziladi va olimpiada topşiriqlari xalqaro olimpiada standartlari asosida baholanadi.