Taqdirlaş marosimi doirasidagi tadbirlar ötkazildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi tomonidan taşkil etilgan “Kitobxon yoşlar ligasi” tanlovining 1-, 2- va 3-mavsum ğoliblari, şuningdek, “Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxşi material” tanlovi hamda “Eng yaxşi esselar” tanlovi ğoliblari Oliy Majlis Qonunçilik palatasi, Adiblar xiyoboni va Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasiga taşrif buyurib, deputatlar hamda adabiyot ahli bilan uçraşuvlarda iştirok etişdi.

Taşkil etilgan tadbirlar doirasida talaba-yoşlar qonunçilik tizimi, deputatlar faoliyati, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi muzeyi, şoir va yozuvçilar ijodi bilan yaqindan tanişdilar. Deputatlar, taniqli yozuvçi va şoirlar bilan muloqot qiliş, ijodiy tajriba va maslahatlar oliş imkoniyatiga ega böldilar. Uçraşuv yakunida Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan naşr etilgan kitoblar bilan taqdirlandilar.

Ğoliblarni tantanali taqdirlaş marosimi bugun soat 14:30 da Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosida bölib ötadi.
