21-oktabr – Özbek tili bayrami kuni

21.10.2025430

21-oktabr – Özbek tili bayrami kuni

   

Bugun yurtimizda katta faxr va ğurur bilan nişonlanayotgan Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan Adiblar xiyobonida özbek adabiy tilining asosçisi, buyuk alloma va mutafakkir Hazrat Alişer Navoiy haykali poyiga gul qöyiş marosimi bölib ötdi.

   

Unda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi, Özbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi mas’ullari, şuningdek, oliy ta’lim muassasalari Yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça prorektorlari hamda talaba-yoşlar iştirok etişdi.

   

Marosim yakunlangaç, “Özbek tili bayrami”ga bağişlangan tadbirlar Muqimiy, Abdulla Avloniy, Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov va boşqa adiblar haykali atrofidagi oliy ta’lim taşkilotlari tomonidan tayyorlangan badiiy çiqişlar, sahna körinişlari, özbek tili va adabiyoti mavzusidagi ijodiy uçraşuvlarga ulanib ketdi.

   

Tadbirlar ona tilimizga bölgan çuqur hurmat va ehtirom, milliy qadriyatlarimizga sadoqat va ğurur ifodasiga aylandi.

   

Ayni vaqtlarda ham Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan tadbirlar nafaqat Adiblar xiyobonida, balki butun Respublikamiz böylab ta’lim taşkilotlarida davom etmoqda.