2024-yilning 2 - 4 oktabr kunlari “Inno” innovatsion öquv-işlab çiqariş texnoparkida “2024-Uzbekistan-Korea Industry-Academia Week” haftaligi bölib ötmoqda

03.10.20244


    2024-yilning 2 - 4 oktabr kunlari “Inno” innovatsion öquv-işlab çiqariş texnoparkida “2024-Uzbekistan-Korea Industry-Academia Week” haftaligi bölib ötmoqda

    Joriy yilning 2 – 4 oktabr kunlari “Inno” - innovatsion öquv-işlab çiqariş texnoparkida “2024 Uzbekistan-Korea Industry-Academia Week” haftaligi bölib ötmoqda. Haftalik doirasida Janubiy Koreyadan 20 ta yirik tarmoq korxonalari, 13 ta oliy ta’lim muassasalari hamda 3 ta texnoparkdan umumiy 62 nafar vakildan iborat delegatsiya taşrif buyurgan. 

    Mazkur haftalikning oçiliş marosimida Geologiya fanlari universiteti hamda uning tarkibidagi ilmiy-tadqiqot institutlari raxbar va yetakçi xodimlari faol iştirok etdilar. 

    Tadbir doirasida Janubiy Koreya Respublikasining Kyonsanbuk-do viloyati olimlari va işlab çiqaruvçilari tomonidan taşkil etilgan körgazma materiallari, fan, ta’lim va işlab çiqarişni integratsiyasi, ilm-fan va innovatsion faolit natijalarini tarmoq korxonalariga joriy qiliş mexanizmlarini takomillaştirişda ilğor Janubiy Koreya tajribasi bilan tanişib çiqildi. 

    Körgazma davomida Janubiy Koreya tajribasi asosida sanoat sohasida IT  muhandisligi yönalişida sun’iy intellekt asosida yaratilgan ilmiy işlanmalar, ekologik toza içimlik mahsulotlari namoyiş qilindi. 

    Ekologik toza içimlik mahsuloti inson organizmi uçun foydali bölgan har xil şifobaxş açitqi bakteriyalarni özida mujassam qilgan. Içimlik insonning ovqat xazm qiliş faoliyati va immunitetini yaxşilaşga samarali hizmat qilişi haqidagi qiziqarli ma’lumotlar olindi. 

    Şuningdek, tadbirda iştirok etgan Janubiy Koreyaning FireCrew, DAEWOO Electronic components, Climb Korea, BaciLee kompaniyalari vakillari bilan aloqalar örnatildi, xamkorlik imkoniyatlari örganildi.