TDYUda qoraqalpoq şoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qösiboy öğli tavalludining 200 yilligiga bağişlangan davra suhbati ötkazildi

30.10.20244

    TDYUda qoraqalpoq şoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qösiboy öğli tavalludining 200 yilligiga bağişlangan davra suhbati ötkazildi

    Tadbirda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a’zosi, Xalqaro “Oltin qalam” mukofoti sovrindori Dilşod Rajabov, Toşkent davlat yuridik universiteti professor-öqituvçilari va talabalari iştirok etdi.
    Davra suhbati davomida iştirokçilar tomonidan qoraqalpoq şoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qösiboy öğlining madaniyat va adabiyotni rivojlantiriş, yoş avlodni vatanparvarlik va ezgu ğoyalar ruhida tarbiyalaş, özbek va qoraqalpoq xalqlari örtasidagi azaliy döstlik va oğizbirçilikni mustahkamlaşga qöşgan munosib hissasi, uning hayoti va ijodi, şe’rlarining mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berildi.

    Şuningdek, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a’zosi, Xalqaro “Oltin qalam” mukofoti sovrindori Dilşod Rajabov şoirning şe’rlaridan parçalar öqib berdi.