Bugun Qöqon musiqali drama teatrida Özbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farğona mintaqaviy filiali "Musiqali teatr aktyorligi" ta'lim yönalişi 4-bosqiç talabalari bitiruv malakaviy işini himoya qildilar. Bitiruvçi talabalar buyuk şoir va dramaturg H.H.Niyoziy qalamiga mansub "Maysaraning işi" musiqali komediyasini namoyiş etdilar.

Uşbu jarayonda Özbekiston davlat san'at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev, Özbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farğona mintaqaviy filiali direktori Mirmuxsin Gapurov, Özbekiston xalq artistlari Şafoat Rahmatullayeva, Yorqinoy Hotamova, Özbekiston Respublikasi san'at arbobi Karim Yuldaşev, Özbekistonda xizmat körsatgan artistlar Oyşa Jörayeva, Xursanoy Umarova hamda filialimiz professor-öqituvçilari iştirok etişdi.

Kurs rahbari: "Teatr san'ati" kafedrasi dotsenti v.b. Ravşanbek Zunnunov