“Ma’rifat ulaşib” loyihasi Xivada özgaça ruhda ötkazildi.

25.11.20254

“Ma’rifat ulaşib” loyihasi Xivada özgaça ruhda ötkazildi.

Xorazm viloyati xiva tumani 21-son Umumta’lim maktabida “Ma’rifat ulaşib” loyihasi doirasida ma’rifiy uçraşuv bölib ötdi. Tadbirda taniqli ijodkorlari — yozuvçi, dramaturg va jurnalist Şahodat Isaxonova, şuningdek adiba, olima, publitsist va pedagog Hulkar Hamroyeva  iştirok etişdi.

        

Adabiy-ma’rifiy uçraşuvda mehmonlar mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, xususan, yoşlarning kitob mutolaasiga hukumat darajasida qaratilayotgan e’tibor, kitob mutolaasini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, yoşlarning badiiy, ilmiy ijodkorligini yanada rivojlantiriş, mutolaani ommalaştiriş yoşlar siyosati böyiça davlat dasturining asosiy yönalişlaridan biriga aylanganini alohida ta’kidladilar.

       

Uçraşuv davomida öquvçilar ijodkorning hayoti va ijodiy merosi bilan yaqindan tanişib, uning asarlaridan namunalar öqib berişdi.

       

Mehmonlar esa öquvçilarga adabiyotning tarbiyaviy ahamiyati, şe’r yozişning nozik jihatlari, kitob bilan döstlaşişning ahamiyati haqida qiziqarli ma’lumotlar ulaşdi.