Madhiya – milliy istiqlolimiz ramzi, Vatanga muhabbatning eng gözal qasidasi

10.12.20254

Madhiya – milliy istiqlolimiz ramzi, Vatanga muhabbatning eng gözal qasidasi

Bugun Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasida “Davlat madhiyasini birgalikda ijro etamiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bölib ötdi.

Tadbir avvalida Özbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Akademiya jamoasi birgalikda ijro etişdi.

   

Şundan söng Akademiya rektori söz olib, davlat ramzlari insonda vatanparvarlik fazilatini şakllantiruvçi, şu aziz yurtimizni jon-u dildan sevişga undovçi muhim vosita ekanini e’tirof etdi.

    

Mazkur tadbirning maqsadi yoşlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy özligimizga çuqur hurmatni şakllantiriş, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bölib voyaga yetişida madhiyamiz muhim tarbiyaviy vosita ekanini tarğib etişdan iborat ekani ta'kidlandi.

Eslatib ötamiz, bugun kun davomida Özbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 33 yilligiga bağişlab Akademiya professor-öqituvçilari va xodimlari iştirokida sport tadbirlari ötkaziladi.