Özbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti öqituvçilari bilan hamkorlikda “Toğ tayyorgarligi” fanidan master-klass darslari taşkil etildi.

15.12.20254

Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi Harbiy va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi va Özbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti öqituvçilari bilan hamkorlikda “Toğ tayyorgarligi” fanidan master-klass darslari taşkil etildi.

   

Undan közlangan asosiy maqsad — kursantlarning nazariy va amaliy bilimlarini yanada oşiriş, ularning ekstremal şaroitlarda, qiyin relefli hududlarda samarali va xavfsiz faoliyat yuritiş malakasini şakllantiriş, toğli hududlarda harakatlaniş, favqulodda vaziyatlarda yordam körsatiş va amaliyotda qöllaniladigan zamonaviy uskunalardan töğri foydalaniş kabi könikmalar bilan taniştirişdan iboratdir.

   

Mazkur Master-klass darslari davomida Özbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti öqituvçilari tomonidan qator amaliy maşğulotlar namoyiş etildi. Xususan, yuqori va past relyefli hududlarda harakatlaniş texnikasi, qiyaliklarda xavfsizlik kamarlari va arqonlardan foydalaniş, turli holatlarda uziliş nuqtalarini aniqlaş, jamoaviy harakatlaş taktikasi, kötariliş va tuşiş texnikasi kabi muhim jihatlar atrofliça tuşuntirildi. Kursantlar har bir maşqni amaliy bajariş va sinovdan ötkaziş imkoniyatiga ega böldilar.