Navoiy şahrida “Ta’limda psixologik farovonlikni birga yaratamiz” şiori ostida öquv-seminari bölib ötdi

23.02.20262

Navoiy şahrida “Ta’limda psixologik farovonlikni birga yaratamiz” şiori ostida öquv-seminari bölib ötdi

Ta’limni rivojlantiriş respublika ilmiy-metodik markazi hamda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida hududlarda “Ta’limda psixologik farovonlikni birga yaratamiz” şiori ostida ta’lim taşkilotlari psixologlari uçun öquv-seminarlari bosqiçma-bosqiç taşkil etib kelinmoqda. Mazkur seminarlarning navbatdagi qismi joriy yilning 5-fevral kuni Navoiy şahridagi 16-umumta’lim maktabida bölib ötdi. 

       

Seminar doirasida "Proyektiv metodikalar va ularni qöllaş amaliyoti (Luiss Dyuss testi)" mavzusida maşğulotlar ötkazildi. Uşbu maşğulotlar maktab va oliy ta’lim psixologlari uçun Özbekiston davlat Jahon tillari universiteti xotin-qizlar psixologi Böstonova Şahzoda Hasanboy qizi (https://t.me/trm_metodika/1508), maktabgaça ta’lim psixologlari uçun esa Navoiy şahri 7-davlat maktabgaça ta’lim taşkiloti psixologi Şodmonova Munira Suyunovna (https://t.me/trm_metodika/1509) tomonidan olib borildi.