Andijon davlat universitetida "Bobur" oyligi doirasida talabalar tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi

19.02.20264

Andijon davlat universitetida "Bobur" oyligi doirasida talabalar tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi

Andijon davlat universitetida Bobur oyligi doirasida buyuk şoir, sarkarda va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan Filologiya fakulteti talabalari uçun ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi.

      

Tadbir davomida talabalar tomonidan Bobur hayoti va ijodiga bağişlangan sahna körinişlari namoyiş etildi. Şuningdek, şoirning ğazal va ruboiylari asosida tayyorlangan musiqiy çiqişlar, badiiy öqişlar hamda Bobur asarlaridan namunalar ijro etilib, yiğilganlarga kötarinki kayfiyat ulaşdi.

Mazkur tadbir buyuk ajdodimizning boy adabiy merosini yanada çuqur örganiş, yoşlar qalbida milliy ğurur va vatanparvarlik tuyğularini mustahkamlaş hamda mumtoz adabiyotimizga bölgan qiziqişni oşirişga xizmat qildi.