Andijonda Alişer Navoiy tavalludi keng nişonlandi

09.02.20264

 Andijonda Alişer Navoiy tavalludi keng nişonlandi

Bugun, 9-fevral kuni özbek adabiyoti tarixida yorqin iz qoldirgan buyuk mutafakkir, şoir va davlat arbobi Alişer Navoiy tavalludining 585 yilligiga bağişlangan viloyat miqyosidagi tantanali tadbir bölib ötdi.

Tadbir avvalida viloyat hokimi boşçiligida navoiyşunos olimlar, taşkilot va muassasalar jamoalari, harbiylar hamda yoşlar tomonidan istirohat boğida qad rostlagan uluğ alloma haykali poyiga gulçambarlar qöyilib, buyuk ajdod xotirasiga yuksak ehtirom körsatildi.

Şundan söng viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov hamda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov sözga çiqib, barça andijonliklarni özbek adabiy tilining asosçisi Mir Alişer Navoiyning 585 yillik tavalludi bilan qizğin muborakbod etdi.

Tadbir davomida universitetimiz adabiyotşunos olimlari Alişer Navoiyning ijodiy va ma’naviy merosi, uning jahon madaniyatidagi örni hamda yoşlar tarbiyasidagi muhim ahamiyati xususida atrofliça fikr-mulohazalar bildirdilar.

Mazkur tadbirda Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev boşçiligida professor-öqituvçilar va talaba-yoşlar ham faol iştirok etdi.