Toşkent davlat tibbiyot universiteti hamda 2-Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi örtasidagi samarali hamkorlik izçil davom etmoqda.

20.02.20262

Toşkent davlat tibbiyot universiteti hamda 2-Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi örtasidagi samarali hamkorlik izçil davom etmoqda. 

Jumladan, texnikumga Toşkent davlat tibbiyot universiteti «Bolalar kasalliklari» kafedrasi katta öqituvçilari — tibbiyot fanlari nomzodlari Axmedova Gulbahor Xusanovna hamda Asomova Nargiza Ilhomovnalar taşrif buyurdilar.

Taşrif davomida texnikum rahbariyati va pedagogik jamoa bilan uçraşuv ötkazilib, özaro hamkorlikni yanada mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi. Xususan, ilmiy maqolalarni hamkorlikda naşr etiş, texnikum öquvçilarini universitet kafedralarida taşkil etiladigan seminar va konferensiyalarga keng jalb qiliş böyiça kelişuvlarga erişildi.

    

Şuningdek, öquvçilar uçun “Bolalarda bronxial astma” hamda “Bolalarda gepatitlar” mavzularida mahorat darslari taşkil etildi. Darslar jarayonida mutaxassislar tomonidan kasalliklarning kelib çiqiş sabablari, klinik belgilari, taşxis va davolaş usullari haqida atrofliça ma’lumot berildi.

Tadbir davomida öquvçilar özlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar va faol iştirok etdilar.

Bunday ilmiy-amaliy uçraşuvlar yoş mutaxassislarning bilim va könikmalarini mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etadi va texnikum ta’lim sifati oşişiga xizmat qiladi.