Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi tomonidan 2025-yilda ötkazilgan respublika tanlovlari ğoliblari Buxoro viloyatida tantanali ravişda taqdirlandi.

08.02.20264

 Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi tomonidan 2025-yilda ötkazilgan respublika tanlovlari ğoliblari Buxoro viloyatida tantanali ravişda taqdirlandi.

Uşbu marosimda Nizomiy nomidagi Özbekiston milliy pedagogika universiteti vakillari, talabalarining bilim, taşabbus va ijtimoiy faolligi yuqori baholanib, munosib e’tirof etildi.

Jumladan, “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli Respublika tanlovining “Eng faol milliy ğoya va ma'naviyat tarğibotçisi” nominatsiyasi böyiça Munis Xöjayev 3-örin, “Eng faol xotin-qizlar kengaşi raisi” nominatsiyasi böyiça Maşhura Kodirova 2-örin bilan taqdirlandi.

Şuningdek, “Yilning eng faol talabasi” tanlovida uşbu nominatsiyasi böyiça Samia Yunusova 2-örin, “Yilning eng faol tadbirkor talabasi”  nominatsiyasi böyiça Gözal Yusupova 3-örinni qölga kiritdi.

Bundan taşqari, “Kitobxon yoşlar ligasi” tanlovining 2025-yilgi 4-mavsumida “Eng faol tarğibotçisi” nominatsiyasi böyiça Sevinç Zayniddinova 1-örin, Gullola Töymurodova 3-örin, Humoyun Saminov 3-örin bilan taqdirlandi. Şu bilan birga, “Til bilimdonlari” respublika tanlovida Şahnoza Yusupova faxrli 2-örinni egalladi.

Mazkur yutuqlar talabalarimizning bilimga, kitobxonlikka va ijtimoiy faollikka bölgan intilişini yanada rağbatlantirib, kelgusida yanada yuqori natijalarga erişişga xizmat qiladi.