Rektor va bitiruvçi talabalar uçraşuvi bölib ötmoqda

12.03.20263

Rektor va bitiruvçi talabalar uçraşuvi bölib ötmoqda

Buxoro davlat universitetida  davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyevning joriy yil 24-fevral kuni yoşlar bilan ötkazgan oçiq muloqotida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlaş maqsadida universitet rektori Obidjon Xamidov hamda Iqtisodiyot va turizm fakulteti bitiruvçi talabalari iştirokida uçraşuv bölib ötmoqda.

Uçraşuvning asosiy maqsadi bitiruvçilarning iş bilan bandligini ta’minlaş, ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş hamda mehnat bozorida raqobatbardoşligini oşirişdan iborat.
       

Universitet rektori öz nutqida bugungi kunda bitiruvçilar bandligini monitoring qiliş va ularga kömaklaşiş maqsadida yölga qöyilgan raqamli tizimlar haqida töxtalib ötdi. Xususan, career.edu.uz hamda vacancy.uz elektron platformalarining imkoniyatlari, talabalarning ma’lumotlar bazasini şakllantiriş va mavjud böş iş örinlarini operativ kuzatib boriş tartiblari tuşuntirildi.
Uçraşuv davomida joriy yilda fakultetni tamomlayotgan 980 nafar bitiruvçining bandligini ta’minlaş rejalari muhokama qilindi. Şuningdek, ötgan yilgi bitiruvçilarning işga joylaşiş körsatkiçlari tahlil qilinib, yöl qöyilgan kamçiliklar va ularni bartaraf etiş çoralari yuzasidan fikr almaşildi.

Muloqot davomida bitiruvçilar bilan quyidagi masalalar yuzasidan fikr almaşildi:
📌 rezyumeni boyitiş va professional portfolioni şakllantiriş;
📌 ilmiy salohiyatni oşiriş imkoniyatlari;
📌 bitiruvçilar uçun ajratiladigan kreditlar masalalari;
📌 talabalarning iş bilan bandligi hamda ularning davlat röyxatidan ötgan holda rasmiy işlayotganligi.

Şuningdek, bitiruvçilar bilan birma-bir suhbatlar ötkazilib, ularning iş bilan ta’minlanganlik holati va kelgusidagi rejalari örganildi.