“Yaşil oliygoh” tanlovi ğolibiga BYD Çazor elektromobili topşirildi

16.03.20263

“Yaşil oliygoh” tanlovi ğolibiga BYD Çazor elektromobili topşirildi

Samarqand davlat arxitektura-quriliş universitetida bölib ötgan yiğiliş doirasida respublika oliy taʼlim taşkilotlari örtasida ötkazilgan “Yaşil oliygoh” tanlovi ğolibi taqdirlandi. Ekologik barqarorlikni taʼminlaş, yaşil texnologiyalarni joriy etiş va atrof-muhitni muhofaza qilişga qaratilgan mazkur tanlovda Jizzax politexnika instituti ğolib deb topildi.

Ekologik masʼuliyatni taʼlim jarayonining ajralmas qismi sifatida qarayotgan institut jamoasiga Prezident sovğasi sifatida BYD Çazor elektromobili taqdim etildi.

          

Ekologik masʼuliyatni taʼlim jarayonining ajralmas qismi sifatida qarayotgan institut jamoasiga Prezident sovğasi sifatida BYD Çazor elektromobili taqdim etildi.

Taʼkidlaş joizki, oliygoh hududidagi 24 gektar maydonning 21 gektarida 22 ming tupdan ortiq mevali va manzarali daraxtlar ekilib, keng kölamli yaşil hudud barpo etilgan. Şuningdek, tomçilatib suğoriş tizimi joriy etilib, suv resurslaridan samarali foydalaniş taʼminlangan. Institutda quvvati 650 kVt bölgan quyoş panellari örnatilgan bölib, ötgan yilning özida elektr energiyasi isteʼmoli 67 foizga qisqartirildi.

          

Şuningdek, tadbir doirasida “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida Samarqand davlat arxitektura-quriliş universiteti hududiga daraxtlar ekildi.