Navröz şukuhi ÖzMU Jizzax filialida keng nişonlandi.

19.03.20263

Navröz şukuhi ÖzMU Jizzax filialida keng nişonlandi.

Bugun Özbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida Navröz umumxalq bayrami munosabati bilan kötarinki ruhdagi bayram tadbirlari taşkil etildi. Erta tongdan filial hududida milliy qadriyatlarimiz ramzi bölgan sumalak sayli bölib ötdi. Talabalar va professor-öqituvçilar iştirokida tayyorlangan sumalak atrofida bayramona muhit hukm surdi.

Şundan söng bayram dasturi davom ettirilib, unda talaba-yoşlar tomonidan kuy-qöşiqlar ijro etildi, milliy raqslar namoyiş qilindi. Tadbir davomida milliy öyinlarimizdan biri — arqon tortiş musobaqasi ham ötkazilib, iştirokçilarga kötarinki kayfiyat ulaşdi.

Bayramning badiiy qismi yakunlangaç, keçki dastur doirasida talabalar turar joyida istiqomat qiluvçi talaba-yoşlar uçun dasturxon yozilib, milliy taomimiz — oş damlandi hamda talabalar uçun tarqatildi.

Mazkur bayram tadbiri talaba-yoşlarga Navrözning ezgu qadriyatlarini his etiş, milliy an’analarimizni yanada çuqur anglaş hamda döstona muhitda bayramni birgalikda nişonlaş imkonini berdi.