“Yangi Özbekiston” universitetida startaplarni qöllab-quvvatlaş böyiça akseleratsiya dasturi yölga qöyildi

26.03.20264

“Yangi Özbekiston” universitetida startaplarni qöllab-quvvatlaş böyiça akseleratsiya dasturi yölga qöyildi

“Yangi Özbekiston” universitetida startap ekotizimini rivojlantirişga bağişlangan “Rahbar va yoşlar uçraşuvi” bölib ötdi. 

Tadbirda Prezident Administratsiyasining moliyaviy texnologiyalar, raqamlaştiriş va sun’iy intellekt yönalişlari böyiça departament rahbari Bobur Xodjayev hamda universitetning birinçi prorektori Baxodir Axmedov sözga çiqib, yoşlarning innovatsion ğoyalarini qöllab-quvvatlaş va oliy ta’lim muassasalarining bu jarayondagi örni haqida fikr bildirdi.

Uçraşuvda vazirlik va taşkilotlar vakillari, bank va sanoat sohasidagi yetakçi kompaniyalar hamda boşqa oliy ta’lim muassasalari vakillari iştirok etdi. Davra suhbati davomida yoşlarning talab va takliflari örganildi, talabalar tomonidan işlab çiqilgan sun’iy intellekt, moliyaviy texnologiyalar va qişloq xöjaligi yönalişlaridagi innovatsion loyihalar taqdim etildi.

Mazkur uçraşuv yoşlar uçun öz ğoyalarini mutaxassislar va hamkor taşkilotlar e’tiboriga taqdim etiş hamda istiqbolli aloqalarni yölga qöyiş uçun muhim platforma böldi.