BuxDU jamoasi işonçli ğalabani qölga kiritdi!

23.03.20264

BuxDU jamoasi işonçli ğalabani qölga kiritdi!

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 22-mart kunidan 1-aprel kuniga qadar Buxoro viloyati sportning voleybol turi böyiça erkaklar örtasida Özbekiston çempionatining III-tur bahslariga mezbonlik qilmoqda.

Bugun, 23-mart kuni Buxoro davlat universiteti voleybol sport zalida uşbu nufuzli musobaqaning navbatdagi uçraşuvi bölib ötdi. Unda BuxDU voleybolçi yigitlar jamoasi Toşkent şahrining AGMK jamoasiga qarşi maydonga tuşdi.

Murosasiz va şiddatli keçgan bahsda BuxDU jamoasi yuqori mahorat, jamoaviy uyğunlik va kuçli iroda namoyiş etib, raqibini 3:0 hisobida işonçli tarzda mağlub etdi. 

Uçraşuvni Buxoro davlat universiteti rektori boşçiligida universitet rahbariyati, professor-öqituvçilar hamda köplab talaba-yoşlar bevosita kuzatib, jamoamizni faol qöllab-quvvatladilar. Bu esa sportçilarga alohida ruh va motivatsiya bağişladi.

Mazkur ğalaba BuxDU jamoasining musobaqadagi muvaffaqiyatli iştirokiga mustahkam zamin yaratdi.

BuxDU voleybolçi yigitlarini uşbu yorqin ğalaba bilan tabriklaymiz va keyingi uçraşuvlarda ham omad va zafarlar tilaymiz!