Toşkent davlat transport universiteti talabalari Qoraqalpoğiston Respublikasida bölib ötayotgan “Döstlik festivali”da iştirok etmoqda

20.05.20264

Toşkent davlat transport universiteti talabalari Qoraqalpoğiston Respublikasida bölib ötayotgan “Döstlik festivali”da iştirok etmoqda

      
 

Mamlakatimizning turli hududlaridagi oliy ta’lim muassasalaridan taşrif buyurgan faol va iqtidorli talaba-yoşlar ayni kunlarda Qoraqalpoğiston Respublikasida bölib ötayotgan “Döstlik festivali” atrofida jam bölişdi. Yuqori kayfiyat va kötarinki ruhda davom etayotgan mazkur yirik tadbirda Toşkent davlat transport universiteti talabalari ham faol iştirok etib, öz tengdoşlari bilan madaniy va ilmiy tajriba almaşmoqda.

Festival doirasida universitetimiz yoşlari dastlab Nukus şahrida joylaşgan Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar institutida taşkil etilgan tadbirlarda qatnaşdilar. Taşrif davomida ular mazkur dargoh faoliyati, talaba-yoşlar uçun yaratilgan zamonaviy şaroitlar hamda qişloq xöjaligi sohasiga yönaltirilgan ilğor innovatsion loyihalar va ğoyalar bilan yaqindan tanişiş imkoniyatiga ega böldilar. Ayniqsa, oziq-ovqat sanoati yönalişida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, zamonaviy texnologiyalar asosida işlab çiqilgan mahsulotlar hamda sohaga oid innovatsion işlanmalar talabalarimizda katta qiziqiş uyğotdi.

Şuningdek, jarayon davomida yoşlar baliqçilik, pillaçilik, agrar texnologiyalar va ekologik yönalişlar böyiça tayyorlangan maxsus körgazmalarni közdan keçirib, yurtimizning turli hududlaridan kelgan talabalar bilan özaro fikr almaşdilar. Uşbu muloqot maydoni yoşlar örtasida döstlik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş, ularning ilmiy hamda innovatsion salohiyatini rivojlantiriş, hududlararo tajriba almaşişni kengaytirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Festival dasturi nafaqat ilmiy-amaliy uçraşuvlar, balki yurtimizning boy tarixi va madaniy merosini örganişga qaratilgan sayohatlarni ham öz içiga olgan. Loyiha doirasida iştirokçilar Möynoq tumaniga yetib keldilar. Bu yerda yoşlarimiz Orolböyi mintaqasining öziga xos tabiati, boy tarixi hamda bebaho madaniy merosi bilan yaqindan tanişib, qadimiy hudud böylab sayohat qilişmoqda. Transport universiteti talabalarining Qoraqalpoğiston böylab safari va “Döstlik festivali”dagi safari davom etmoqda.