“Bahodir Yalangtöş”
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, çorvaçilik va biotexnologiyalar universitetining uç yuz nafarga yaqin professor-öqituvçilari va talabalari Markaziy Osiyoda birinçi marta yagona pavilyonda tasvirga olingan Samarqand hokimi, sarkarda va Registon ansambli asosçisi Yalangtöş Bahodir haqidagi tarixiy filmni Samarqand şahridagi “Şarq” kinoteatrida tomoşa qilişdi.
Birinçi xulosa şuki, nihoyat bizda tarixiy filmlar yönalişida tajribalar bosqiçi tugab, haqiqiy filmlarni suratga oliş bosqiçi boşlanibdi. Har holda, “Bahodir Yalangtöş” haqiqiy tölaqonli, qiziqarli va ta’sirli tarixiy film.
Oddiy tomoşabin sifatida aytişim mumkinki, nazarimda, kinomizda tarixiy filmlar yönalişida yangi “planka” paydo böldi, endi boşqalar şunga intilişi kerak. Heç nima birdaniga bölmaydi, tajriba, qayta-qayta urinişlar orqali yaxşi filmlarga qarab ösiladi.
