Akademik Azimboy Sadullayev xotirasiga bağişlangan matematika turniri ötkazildi

01.06.20264

Akademik Azimboy Sadullayev xotirasiga bağişlangan matematika turniri ötkazildi



Urganç davlat universitetida atoqli matematik olim, akademik Azimboy Sadullayev xotirasiga bağişlangan matematika fani böyiça “Xotira turniri” bölib ötdi.

Mazkur nufuzli turnirda viloyatimizdagi umumta’lim maktablaridan 60 nafarga yaqin matematika faniga qiziqadigan, bilimga çanqoq hamda iqtidorli öquvçilar iştirok etdi. Bellaşuv jarayonida yoş matematiklar özlarining mantiqiy fikrlaşi, tezkorligi va mustahkam bilim salohiyatini namoyon etib, qiziqarli hamda murosasiz bahslarda iştirok etdilar.

Tadbirning asosiy maqsadi yoş avlodning matematika faniga bölgan qiziqişini yanada oşiriş, iqtidorli öquvçilarni qöllab-quvvatlaş hamda ilm-fan rivojiga ulkan hissa qöşgan akademik Azimboy Sadullayevning boy ilmiy merosini keng tarğib qilişdan iborat böldi.

Yozma işlar natijalariga köra turnir ğoliblari aniqlandi. Taqdirlaş marosimida yuqori natija qayd etgan öquvçilar Faxriy yorliq va esdalik sovğalari bilan rağbatlantirildi. Şuningdek, ularni bilim oliş sari yetaklagan ustozlariga Taşakkurnomalar topşirildi.