Xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş masalalariga bağişlangan tarğibot tadbiri ötkazildi

04.06.20264

Xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş masalalariga bağişlangan tarğibot tadbiri ötkazildi

       
 

Jizzax politexnika institutida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, gender tengligini ta’minlaş hamda tazyiq va zöravonlik holatlarining oldini olişga qaratilgan “Xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş” mavzusida profilaktik-tarğibot tadbiri taşkil etildi.

Tadbirda Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ayollarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş Jizzax viloyati hududiy markazi yuriskonsulti S. Kunarova, pedagog-tarbiyaçisi F. Mamasiddiqova, institut profilaktika inspektori N. Rasulova, institut Xotin-qizlar kengaşi a’zolari, professor-öqituvçilar hamda xodimlar iştirok etdi.

Tadbir davomida sözga çiqqan mutaxassislar tomonidan mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini ta’minlaş, ularni har qanday tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş, gender tengligini mustahkamlaş borasida amalga oşirilayotgan tizimli islohotlar va yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Şuningdek, jismoniy, ruhiy, iqtisodiy, jinsiy va ijtimoiy zöravonlik holatlarining oldini oliş, raqamli xavfsizlik qoidalariga rioya qiliş, internet tarmoğida uçraşi mumkin bölgan tahdid va tazyiqlardan himoyalaniş böyiça amaliy tavsiyalar bildirildi.

Tadbir iştirokçilariga 1146 işonç telefoni, içki işlar organlarining 102 qisqa raqami, şuningdek, Ayollarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş markazlari tomonidan körsatiladigan huquqiy, psixologik va ijtimoiy xizmatlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Mazkur tadbir xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oşiriş, gender tengligi tamoyillarini keng tarğib etiş hamda jamiyatda tazyiq va zöravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni şakllantirişga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir.