14-iyul kunidan boşlab Respublikamizning 14 hududida professional va oliy ta’lim muassasalariga kiriş imtihonlari boşlandi.
Keça respublikamizdagi 73 ta katta siğimli yopiq binolarda oliy va professional ta’lim muassasalariga öqişga kiriş uçun test sinovlari boşlandi.
Barça imtihon ötkaziladigan manzillarda test sinovlariga kelgan ota-onalar uçun kutiş joylari taşkil etilgan bölib, abituriyentlarning yaqinlari u yerda imtihon jarayonlarini onlayn kuzatiş imkoniyati yaratilgan. Şuningdek, abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari uçun qulay şaroitlar (salqin xona, onlayn translatsiya) mavjud bölib, volontyor yoşlar tomonidan musiqiy çiqişlar va köngiloçar dasturlar namoyiş etilmoqda.
Imtihon jarayonlarini şaffof va adolatli ötkaziş maqsadida ota-onalar va keng jamoatçilik uçun test sinovlarini istalgan joydan https://test2024.uz/ platformasida onlayn kuzatiş imkoniyati yaratilgan.
Talabgorlar qaçon, qayerda test sinovida iştirok etişini my.uzbmb.uz sayti orqali şaxsiy kabineti orqali bilişlari va ruxsatnomani yuklab olişlari mumkin.
Ma’lumot örnida, bu yil 805 ming nafardan ziyod abituriyent testlarda iştirok etişi kutilmoqda. Imtihonlar 25-iyulgaça davom etadi.