BuxDUda qoraköllik bitiruvçi yoşlar uçun oçiq muloqot va böş iş örinlari yarmarkasi taşkil etildi

09.06.20264

BuxDUda qoraköllik bitiruvçi yoşlar uçun oçiq muloqot va böş iş örinlari yarmarkasi taşkil etildi



Bugun, 9-iyun kuni Buxoro davlat universitetida Qoraköl tumani hokimligi mutasaddilari, iş beruvçilar hamda universitetni tamomlayotgan qoraköllik bitiruvçi yoşlar iştirokida “Rahbar va yoşlar” uçraşuvi bölib ötdi. Tadbirda tuman hokimining örinbosari Feruz Töxtamurotov hamda universitetning öquv işlari böyiça prorektori Rustam Jumayev bitiruvçilarning bandligini ta’minlaş borasidagi ustuvor vazifalarga töxtaldilar.

Muloqot davomida talabalarga zamonaviy mehnat bozori talablari va iş qidirişning raqamli imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, bitiruvçilarga Vacancy.argos.uz hamda Career.edu.uz platformalari orqali röyxatdan ötiş, şaxsiy rezyumelarni joylaştiriş va davlat xizmatidagi böş iş örinlarini kuzatib boriş tartiblari amaliy misollar bilan tuşuntirildi. Tadbirda tumaning yirik iş beruvçilari, jumladan, “Parvoz Humo ravnaq trans” MÇJ rahbari Nirmuhammad Açilov ham iştirok etib, yoş mutaxassislar uçun mavjud vakant örinlari va yaratilgan şaroitlar haqida sözlab berdi.

Oçiq muloqot tarzida keçgan uçraşuvda bitiruvçilar öz mutaxassisliklari böyiça işga joylaşiş, imtiyozli kreditlar oliş va tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş yuzasidan özlarini qiziqtirgan savollariga mas’ullardan javob oldilar. Köplab talabalar uçraşuvning özidayoq tuman korxona va taşkilotlari bilan dastlabki kelişuvlarga erişdilar. Mazkur tadbir yoş mutaxassislarning öz hududlarida munosib iş örinlariga ega bölişlarida muhim köprik bölib xizmat qildi.