“Yangi Özbekistonni yoşlar quradi” şiori ostidagi yuguriş marafonida Jizzax politexnika instituti jamoasi faol iştirok etdi

16.06.20264

“Yangi Özbekistonni yoşlar quradi” şiori ostidagi yuguriş marafonida Jizzax politexnika instituti jamoasi faol iştirok etdi

    
 

Bugun Jizzaxda “Yangi Özbekistonni yoşlar quradi” şiori ostidagi ommaviy yuguriş marafoni bölib ötdi.

“Yoşlar oyligi” doirasida taşkil etilgan mazkur sport tadbirida Jizzax politexnika instituti professor-öqituvçilari, xodimlari hamda talaba-yoşlari faol iştirok etdilar.

Marafon iştirokçilari soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, jismoniy faollikni oşiriş hamda sport orqali birlik va hamjihatlikni mustahkamlaş ğoyalarini qöllab-quvvatladi.

Musobaqada viloyatdagi oliy va professional ta’lim muassasalari talabalari, professor-öqituvçilari, umumta’lim maktablari öquvçilari, sport ixlosmandlari hamda köngillilar qatnaşib, soğlom raqobat va döstona muhit namunasini namoyon etdilar.

Marafon davomida iştirokçilar nafaqat özlarining jismoniy tayyorgarligini sinovdan ötkazdilar, balki yoşlarni sportga keng jalb etiş, soğlom turmuş tarzini ommalaştiriş hamda vatanparvarlik ruhini mustahkamlaşga qaratilgan taşabbuslarni qöllab-quvvatladilar.