UrDU talabalari Turkiyada amaliyot ötamoqda

19.06.20264

UrDU talabalari Turkiyada amaliyot ötamoqda

    

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakulteti Oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi talabalari 2026-yil 9–19-iyun kunlari Turkiyaning Aksaroy universitetida amaliyot ötamoqdalar.

Amaliyot dasturi davomida talabalar oziq-ovqat sanoatining zamonaviy işlab çiqariş jarayonlari bilan yaqindan tanişib, nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan mustahkamlaş imkoniga ega bölmoqdalar.

Xususan, talabalar Turkiyaning Anqara şahrida joylaşgan yirik "Sûtaş" sutni qayta işlaş zavodi, "Döndirma" muzqaymoq işlab çiqariş korxonasi, şuningdek, kartoşka va makkajöxoridan "Çips" mahsulotlari tayyorlanadigan işlab çiqariş zavodlarida amaliy maşğulotlarda iştirok etmoqdalar.

Mazkur xalqaro amaliyot talabalarning kasbiy könikmalarini rivojlantiriş, oziq-ovqat texnologiyalari sohasidagi ilğor tajribalarni örganiş hamda universitetning xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligini yanada mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.