TDTU talabalari Sirdaryodagi “Oçiq aviatsiya” aerodromiga amaliy taşrif buyurdilar.

30.07.20264

Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti talabalari uçun “Oçiq aviatsiya” xususiy aviakompaniyasiga amaliy ekskursiya taşkil etildi

  
 

Toşkent davlat transport universitetining “Havo kemalarining parvoz ekspluatatsiyasi” ta’lim yönalişi talabalari Sirdaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan “Oçiq aviatsiya” xususiy aviakompaniyasi aerodromiga amaliy taşrif buyurdilar.
Taşrif davomida aviakompaniya direktori Anvar Hamidullin talabalarni korxona faoliyati bilan yaqindan taniştirdi. U aviakompaniya tasarrufidagi SP-30 va An-2 rusumidagi havo kemalarining texnik va ekspluatatsion xususiyatlari, ularning qöllaniliş yönalişlari hamda korxonaning asosiy faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi.

Tadbir doirasida Özbekiston Paraşyut sporti federatsiyasi vakillari iştirokçilarga paraşyut konstruksiyasi, undan foydalaniş qoidalari hamda federatsiyaning mamlakatda paraşyut sportini rivojlantiriş borasidagi faoliyati haqida ma’lumot berdilar.
Şuningdek, Toşkent davlat transport universiteti “Aviatsiya injiniringi” kafedrasi mudiri N.A. Abdujabborov SP-30 samolyotining konstruktiv tuzilişi, asosiy agregatlari va texnik imkoniyatlari yuzasidan talabalarga amaliy tuşunçalar berdi.

Taşrif davomida Anvar Hamidullin qişloq xöjaligi aviatsiyasida havo kemalaridan foydalanişning öziga xos jihatlari, aviakompaniya tomonidan amalga oşirilayotgan aviatsiya xizmatlari hamda korxona xodimlarining kundalik faoliyati bilan taniştirdi. Şuningdek, talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berib, aviatsiya sohasidagi amaliy tajribasi bilan örtoqlaşdi.

Tadbir yakunida amaliy parvoz taşkil etildi. Unda SP-30 rusumidagi samolyotda aviakompaniya direktori Anvar Hamidullin komandirligida N.A. Abdujabborov iştirokida namoyiş parvozi amalga oşirildi. Mazkur parvoz talabalar uçun yengil aviatsiya imkoniyatlari va havo kemalarining amaliy ekspluatatsiyasi bilan yaqindan tanişiş imkonini yaratdi.

Bunday amaliy taşriflar talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlaş, ularni işlab çiqariş muhiti bilan yaqindan taniştiriş hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatlari uçun zarur bölgan amaliy könikmalarni şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.