Mahalla yoşlari örtasida voleybol musobaqasi ötkazildi

Qöqon davlat universiteti taşabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida mahalla yoşlari örtasida voleybol musobaqasi taşkil etildi. Unda yoşlar sportdagi mahorati, çaqqonligi va jamoaviylik qobiliyatini namoyon etib, ğoliblik uçun özaro kuç sinaşdilar.
Musobaqa yakunida yigitlar örtasida Ğiştli masjid MFY jamoasi 1-örin, Toşkentli guzar MFY 2-örin, Istiqlol MFY 3-örinni egalladi. Qizlar bahsida esa Çodakli MFY jamoasi ğoliblikni qölga kiritdi, Örmonboğ MFY 2-örin, Avğonboğ MFY 3-öringa sazovor böldi. Mazkur sport tadbiri yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş hamda mahallalarda döstona va soğlom raqobat muhitini mustahkamlaşga xizmat qildi.