Talabalarimiz — “KF Global e-sçool fellowşip” xalqaro dasturi iştirokçilari

Janubiy Koreyaning Yongnam universitetida taşkil etilgan “KF Global E-Sçool Fellowşip” xalqaro dasturida Özbekiston nomidan Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat çet tillari institutining iqtidorli talabalari iştirok etdi.
Institutimizning koreys tili yönalişida tahsil olayotgan 4-bosqiç talabalari Marjona Mamasoatova, Madina Muhammadjonova hamda 3-bosqiç talabasi Şaxnoza Tohirjonova mazkur xalqaro dastur doirasida öz bilim va tajribalarini boyitdi.
Dasturda Özbekiston bilan bir qatorda Mongoliya va Vetnamning eng iqtidorli talabalari ham iştirok etmoqda. Fellowşip doirasida yoşlar uçun Janubiy Koreyaning janubiy hududlariga sayohatlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda Yongnam universitetida yozgi öquv maşğulotlari taşkil etildi.
Mazkur dastur talabalarga nafaqat koreys tili va madaniyatini çuqurroq örganiş, balki turli mamlakatlardan kelgan tengdoşlari bilan xalqaro tajriba almaşiş, yangi döstlik va hamkorlik aloqalarini örnatiş imkonini berdi.
Talabalarimizning dasturdagi iştiroki bilan boğliq sayohat va boşqa xarajatlar Korea Foundation tomonidan töliq qoplangan.
Institutimiz talabalari nomidan xalqaro miqyosdagi bunday nufuzli dasturlarda iştirok etiş yoşlarimizning salohiyati, bilim va iqtidoriga berilayotgan yuksak e’tiborning amaliy ifodasidir.