Bugun Qarşi davlat universitetida Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat taʼlim yönalişlari böyiça kasbiy (ijodiy) imtihonlar yakunlanadi

16.07.20243

Bugun Qarşi davlat universitetida Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat taʼlim yönalişlari böyiça kasbiy (ijodiy) imtihonlar yakunlanadi

    Xabar berilganidek, 8-iyuldan 16-iyulga qadar Qarşi davlat universitetida 2024/2025-öquv yili qabuli uçun Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat taʼlim yönalişlari böyiça kasbiy (ijodiy) imtihonlar bölib ötmoqda. Bugun imtihonlarning sönggi kuni. Ayni paytda Dizayn: libos va gazlamalar taʼlim yönalişi böyiça abituriyentlar öz mahoratlarini sinovdan ötkazmoqda.

           
 
    Universitetda kasbiy (ijodiy) imtihonlar 9 ta taʼlim yönalişlari (musiqa taʼlimi, tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi, dizayn (libos va gazlamalar), rangtasvir (dastgohli), sport faoliyati: yengil atletika, futbol, kuraş, dzyudo, voleybol) böyiça ötkazilmoqda. Mazkur yönalişlarga jami abituriyentlar tomonidan 1417 ta arizalar kelib tuşgan.

          

     Abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlariga qulaylik yaratiş maqsadida hozirlangan salqin kuzatuv zalida imtihon jarayonlarini töğridan-töğri, real vaqt rejimida sayti orqali kuzatiş imkoniyati yölga qöyildi.

          

     Ijodiy imtihonlar adolatli, şaffof ötkazilişini nazorat qiliş maqsadida hudud böylab uzluksiz işlaydigan kuzatuv kameralari örnatilgan bölib, xavfsizlikni taʼminlaş uçun içki işlar hamda tibbiyot xodimlari jalb etilgan.