Buxoro davlat universitetida 2700 örinli öquv binosi, Quyoş fizikasi laboratoriyasi, Axborot-resurs markazi va talabalar turar joyi oçildi

Buxoro davlat universitetida 2026/2027-öquv yilining boşlanişi va “Talabalikka bağişlov” tadbiri doirasida 2700 örinli zamonaviy öquv binosi, Quyoş fizikasi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, Axborot-resurs markazi hamda 400 örinli talabalar turar joyidan iborat yangi majmuaning tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.
Tadbirda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, Özbekiston Milliy axborot agentligi direktori, senator Abdusaid Köçimov, “Yangi Özbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari boş muharriri, Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Salim Doniyorov, universitet rahbariyati, professor-öqituvçilar hamda talaba-yoşlar iştirok etdi.
Tantanali marosimda yangi öquv yili munosabati bilan talaba-yoşlarga ezgu tilaklar bildirilib, “Mustaqillik darslari” taşkil etildi.
Universitetning öz mablağlari hisobidan 86,5 milliard söm evaziga barpo etilgan yangi majmua zamonaviy ta’lim, ilmiy-tadqiqot va talabalar uçun munosib yaşaş şaroitlarini yaratişga xizmat qiladi.
Marosimda ramziy qizil lenta kesilib, yangi bino foydalanişga topşirildi va uning ramziy kaliti universitet jamoasiga taqdim etildi.