Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

08.09.20261

Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!


        

Bugun Urganç davlat pedagogika institutida 2026–2027-öquv yilining dastlabki maşğulotlari “Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” şiori ostidagi “Mustaqillik darslari” bilan boşlandi.

Mazkur darslarda Özbekiston Jurnalistlari uyuşmasi Xorazm viloyati bölimi rahbari Dilbar Bekçanova, Özbekiston Jurnalistlari uyuşmasi a’zosi Ikrom Xudayberganov, institut matbuot kotibi Nazokat Kamilova, Filologiya fakulteti dekani San’atbek Xudayberganovlar iştirok etdi.

Darslar jarayonida mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oşirilgan keng kölamli islohotlar, milliy qadriyatlarimizning tiklanişi, yoşlar uçun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda Vatan taraqqiyotidagi har bir fuqaroning mas’uliyati haqida atrofliça fikr yuritildi.

Suhbatlar davomida talaba-yoşlarning yurt kelajagiga daxldorlik tuyğusini kuçaytiriş, mustaqillik bergan imkoniyatlardan unumli foydalaniş, zamonaviy bilim va könikmalarni egallaş hamda jamiyat rivojiga faol hissa qöşiş masalalariga alohida urğu berildi.
 

Mustaqillik — xalqimizning eng uluğ qadriyati. Uni qadrlaş, asrab-avaylaş va kelajak avlodga munosib yetkaziş har birimizning şarafli vazifamizdir!