Namangan davlat universitetida 2026/2027-öquv yilida Tabiiy fanlar fakultetiga qabul qilingan talabalar va ularning ota-onalari iştirokida uçraşuv taşkil etildi.

11.09.20261

Namangan davlat universitetida 2026/2027-öquv yilida Tabiiy fanlar fakultetiga qabul qilingan talabalar va ularning ota-onalari iştirokida uçraşuv taşkil etildi.

          

Yiğilişda rektor maslahatçisi Alibek Bekmurzayev, xotin-qizlar masalalari böyiça rektor maslahatçisi Saodat Umarova, universitet psixologi Gulşoda Mirzatova, fakultet dekani Azamjon Rasulov, dekan örinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-öqituvçilar, tyutorlar hamda talabalar ota-onalari iştirok etdi.

Uçraşuv davomida talabalarning universitet hayotiga moslaşuvi, ta’lim jarayonidagi mas’uliyati va odob-axloq me’yorlariga rioya etişi bilan boğliq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, universitet Odob-axloq kodeksi va içki tartib-qoidalari, talabalarning kiyiniş madaniyati va yagona forma talablari, talabalarni talabalar turar joyi hamda ijara xonadonlariga joylaştiriş tartibi, erta nikoh va erta turmuşning oldini oliş, huquqbuzarlik va jinoyatçilik profilaktikasi, kontrakt şartnomalarini rasmiylaştiriş va tölovlarni amalga oşiriş, grant va kontrakt örinlarini taqsimlaş kabi masalalar yuzasidan tuşuntirişlar berildi.

Şuningdek, ota-onalarning farzandlari ta’lim-tarbiyasidagi mas’uliyati, universitet bilan hamkorlikni yölga qöyiş va talabalarni qöllab-quvvatlaşning muhim jihatlari haqida fikr almaşildi.

Uçraşuv yakunida ota-onalar va talabalar tomonidan bildirilgan savol, taklif va mulohazalar tinglanib, ularning murojaatlari yuzasidan tegişli tuşuntirişlar berildi.