Navoiy davlat universitetida stol tennisi musobaqasi ötkazildi

18.09.20261

Navoiy davlat universitetida stol tennisi musobaqasi ötkazildi



 1-oktabr — Öqituvçi va murabbiylar kuni munosabati bilan Navoiy davlat universitetida professor-öqituvçilar hamda işçi-xodimlar örtasida stol tennisi böyiça sport musobaqasi taşkil etildi.

 Qizğin va murosasiz bahslarga boy keçgan bellaşuvlarda iştirokçilar ğalaba uçun munosib kuraş olib borib, öz mahorati, epçilligi va sportga bölgan qiziqişini namoyon etdilar.

🏅 Musobaqa yakunlariga köra, quyidagi iştirokçilar sovrinli örinlarni egalladi:
🥇 1-örin — Muxammadiyev Doston
🥈 2-örin — Amirqulov Murod
🥉 3-örin R.Norçayev

 Musobaqa davomida soğlom raqobat, özaro hurmat va döstona muhit ustuvor bölib, bellaşuvlar iştirokçilarga kötarinki kayfiyat ulaşdi.

 Mazkur sport tadbiridan közlangan asosiy maqsad — universitet jamoasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş, sportga bölgan qiziqişni oşiriş, şuningdek, professor-öqituvçilar va işçi-xodimlar örtasida hamjihatlik hamda jamoaviylik muhitini yanada mustahkamlaşdan iborat.