Farğona davlat universitetida “Islom Karimov öqişlari: Mustaqillik yillarida Özbekiston madaniyati — tarixiy meros va madaniy yuksaliş” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bölib ötdi.

Unda Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi rahbari Temur Şirinov, majmua Homiylik kengaşi a’zosi Tatyana Karimova, FarDU rektori, professor Bahodirjon Şermuhammadov, Farğona viloyati hokimligi vakillari, professor-öqituvçilar, ilmiy xodimlar va tadqiqotçilar iştirok etdi.
Anjuman doirasidagi şöba yiğilişlarida moddiy va nomoddiy madaniy merosni asraş, tarixiy obidalarni restavratsiya qiliş, san’at va adabiyot, xalqaro madaniy aloqalar, xalq diplomatiyasi, muzeylar faoliyati hamda madaniy merosni tarğib etiş masalalari muhokama qilindi.
Şöbalarda mutaxassislar, olimlar va doktorantlar örtasida qizğin fikr almaşuvlardan söng kelgusidagi vazifalar yuzasidan çora-tadbirlar belgilandi.