Talabalar turar joyidagi şaroitlar örganildi

22.09.20261

Talabalar turar joyidagi şaroitlar örganildi

          

 Toşkent kimyo-texnologiya instituti Kimyoviy injiniring fakulteti Yoşlar bilan işlaş böyiça dekan örinbosari hamda fakultet tyutorlari tomonidan institut talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar olindi.

 Taşrif davomida talabalarning yaşaş şaroitlari va kundalik holati örganildi.

 Talabalar bilan samimiy suhbat ötkazilib, ularning muammo va takliflari tinglandi. Şuningdek, yotoqxonadagi içki tartib-qoidalarga rioya etiş hamda xonalarning ozodaligiga alohida e’tibor qaratildi.

 Talabalarga böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş, öquv jarayoniga mas’uliyat bilan yondaşiş hamda belgilangan tartib-qoidalarga rioya etiş böyiça tavsiyalar berildi.

 Bunday taşriflar talabalarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning muammo va takliflarini örganiş hamda qulay yaşaş şaroitlarini ta’minlaş maqsadida muntazam davom ettiriladi.