Buxoro davlat texnika universitetida 4 yillik bakalavriat dual ta’limi yölga qöyildi

23.09.20261

Buxoro davlat texnika universitetida 4 yillik bakalavriat dual ta’limi yölga qöyildi

          

Buxoro viloyatidagi korxonalarning 4 yillik dual ta’lim bakalavriati böyiça kadrlarga bölgan ehtiyoji 1 500 nafarni taşkil etmoqda. Bu esa talabalar uçun amaliy ta’lim va kelgusida bandlik imkoniyatlarini yanada kengaytirişga imkon bermoqda.

Dual ta’limni rivojlantiriş va universitet–işlab çiqariş hamkorligini kuçaytiriş maqsadida rektor Sadoqat Siddiqovaning taklifiga binoan Germaniyaning Kassel universiteti professori Miçael Albert Zöbisç universitetga taşrif buyurdi.
 

Taşrif doirasida rektor bilan uçraşuv ötkazilib, dual ta’limni rivojlantiriş, Germaniya tajribasini joriy etiş va ta’limni işlab çiqariş bilan uyğunlaştiriş masalalari muhokama qilindi.

Ayni paytda professor Miçael Albert Zöbisç tomonidan bir hafta davomida universitet jamoasi va işlab çiqariş korxonalari vakillari uçun dual ta’limni taşkil etiş böyiça seminar-treninglar ötkazilmoqda. Maşğulotlarda dual ta’limning samarali modellari, universitet–korxona hamkorligi, talabalarni işlab çiqariş jarayoniga integratsiya qiliş, amaliy könikmalarni şakllantiriş hamda ta’lim sifatini oşiriş böyiça Germaniya tajribasi taqdim etilmoqda.